🗓 2025-yil 29-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tadi.
Bu kun sizga maktab hayoti, o‘quv jarayoni hamda o‘quvchilarga yaratilgan zamonaviy imkoniyatlar bilan bevosita tanishish, shuningdek, sizni qiziqtirgan savollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish imkoniyatini taqdim etadi.
Tadbir doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:
✅ Maktabdagi zamonaviy ta’lim tizimi va o‘qitish metodikasi haqida taqdimot;
✅ O‘quvchilar ishtirokidagi dars mashg‘ulotlari va fan-to‘garaklar asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalar;
✅ Ekskursiya orqali maktab binosi, kutubxona, laboratoriyalar, sport zallari, IT xonalari va yotoqxona bilan tanishish;
✅ Maktab ichki tartib-qoidalari, intizomiy talablar va kundalik hayotga oid batafsil ma’lumotlar;
✅ Maktab rahbariyati tomonidan tashrif buyurgan mehmonlar savollariga ochiq va to‘liq javoblar;
✅ 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni haqida batafsil tushuntirishlar.
📌 “Ochiq eshiklar kuni” — bu maktabimizni yaqindan ko‘rib chiqish, ta’lim, tarbiya va texnologik imkoniyatlarimizni baholash, farzandingiz kelajagi uchun eng to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga 2025-yilgi qabul jarayoni 1-iyundan 20-iyungacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi. Hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.
1) Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
2) Oxirgi 2 oy ichida tushirilgan, rasmiy talabga mos fotosurat;
3) O‘quvchining o‘qiyotgan sinfidagi o‘quv yili yakunlariga ko‘ra baholar tabeli (maktab
direktori tomonidan tasdiqlangan nusxada);
4) Nomzod va uning ota-onasi (yoki qonuniy vakili)ning fuqorolik pasporti ma’lumotlari hamda
aloqa uchun mobil telefon raqamlari..
5-sinfga qabul imtihonlari ikkita fan asosida olib boriladi, bunda:
1. Matematika fanidan 30 ta test savoli, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan;
2. Ingliz tili fanidan 15 ta test savoli.
Hujjatlarni belgilangan muddatda topshirish, test sinovlarida faol ishtirok etish va barcha
tartib-qoidalarga rioya qilish sizning muvaffaqiyatli qabul qilinishingizga asos bo‘ladi.
Shuningdek, ballar teng bo‘lgan holatlarda, nomzodlarning tug'ilgan sanasi inobatga olinib,
yoshi kichikroq o'quvchilar ro'yxatda teparoq o'ringa ega bo‘ladi.
1206
Dushanba–Juma
08:30 dan – 13:20 gacha Fakultativlar jadvaliDushanba–Shanba
14:00 dan – 16:30 gacha › Elektron Jurnalga KirishO'zingizni qiziqtirgan savol va takliflarni yozib yubiring:
Copyright © Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Barcha huquqlar himoyalangan.